2019 yil boshidan buyon qancha korxona va tashkilot yangi tashkil etilgani ochiqlandi
Jamiyat
−
12 Oktabr 2019
3064O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga bo‘lgan e’tibor yil sayin ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan olingan xabarga ko‘ra, shu yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikada 75,6 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32,8 mingtaga ko‘pdir.
Ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 72,8 mingta (22,0 foiz)ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 404,0 mingtani tashkil etgan.
2019 yilning 1 oktyabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlar soni 404,0 mingtaga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,0 foizga o‘sgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 24,8 foiz savdo, 17,7 foiz sanoat, 9,2 foiz qurilish, 7,5 foiz qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 6,4 foiz yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 3,9 foiz tashish va saqlash, 2,0 foiz axborot va aloqa, 1,9 foiz sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda 26,6 foiz boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Hududlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘pi Toshkent shahri (84 ming 72 ta), Toshkent (42 ming 283 ta), Farg‘ona (35 ming 69 ta), Andijon (32 ming 551 ta) va Samarqand (32 ming 104 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (12ming 941 ta), Navoiy (16 ming 37 ta) hamda Jizzax (17 ming 651 ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 386,0 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga solishtirilganda 69,3 mingtaga (21,9 foiz) o‘sgan. Hududlar kesimida qaralganda, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘pi Toshkent shahri (80 ming 969 ta), Toshkent (36 ming 842 ta), Farg‘ona (34 ming 615 ta), Andijon (31ming 221 ta) va Samarqand (30 ming 466 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (12 ming 189 ta), Navoiy (15 ming 693 ta) hamda Jizzax (16 ming 863 ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin.
2019 yil yanvar-sentyabr oylarida 75 ming 635 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018 yilning shu davriga nisbatan 1,8 martaga ko‘pdir.
Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi Toshkent shahri (15 ming 22 ta), Toshkent (7 ming 421 ta), Samarqand (6 ming 497 ta), Farg‘ona (6 ming 3 ta), Buxoro (5 ming 279 ta), Navoiy (5ming 226 ta), Andijon (4 ming 745 ta), Namangan (4 ming 641 ta) va Qashqadaryo (4543 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (2 134 ta), Jizzax (3 ming 125 ta), Surxondaryo (3 ming 757 ta), Xorazm (4 ming 98 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3 ming 144 ta) korxona va tashkilotlarni tashkil etish ko‘rsatkichi past darajani aks ettirgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida, eng ko‘pi savdo (27 ming 991 ta), sanoat (15 ming 841 ta), qurilish (7 ming 288 ta), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (5 ming 472 ta), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohalarida tashkil etilgan. Eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (1 ming 64 ta), axborot va aloqa (1ming 298 ta), tashish va saqlash (2 ming 412 ta) hamda boshqa faoliyat turlari (8 ming 858 ta) hissasiga to‘g‘ri keladi.
2019 yil 1 oktyabr holatiga 325,3 mingta tijorat shaklidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan xususiy korxonalar - 83,3 mingta, oilaviy korxonalar - 24,1 mingta, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar - 211,0 mingta va boshqalar 6,9 mingtani tashkil etgan.
2019 yil 1 oktyabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 9 ming 732 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 ming 772 taga yoki 39,8 foizga o‘sgan.
Ushbu korxonalarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Koreya Respublikasi hissalariga to‘g‘ri keladi.
Bu korxona va tashkilotlarning eng yuqorisi Toshkent shahri (5ming 778 ta), Toshkent (1 ming 66 ta), Samarqand (500 ta), Farg‘ona (387 ta), Surxondaryo (307 ta), Andijon (286 ta), Buxoro (251 ta) va Namangan (205 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Nisbatan kamlari Xorazm (124 ta), Sirdaryo (146 ta), Qashqadaryo (178 ta), Jizzax (179 ta), Navoiy (182 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (143 ta) to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalardan 4ming 891 tasi qo‘shma korxonalar, 4 ming 841 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keladi.
2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalarning soni 2 ming 511 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 852 taga ko‘paygan.
Hududlar kesimida, xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahar (1 ming 350 ta yoki jamidagi ulushi 53,8 foiz), Toshkent viloyati (224 ta yoki 8,9 foiz) va Surxondaryo viloyatlari (133 ta yoki 5,3 foiz) hissalariga to‘g‘ri keladi. Eng kam xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (28 ta yoki 1,1 foiz), Sirdaryo viloyati (39 ta yoki 1,6 foiz) va Xorazm viloyati (52 ta yoki 2,1 foiz) hissalariga to‘g‘ri keladi.
LiveBarchasi