BMW Yevropadagi zavodlarini yopadi
Olam
−
18 mart 2020
6429Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi BMW bugun, 18 mart kuni koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida Yevropa va Janubiy Afrikadagi zavodlarini yopishga qaror qildi.
"Bugundan boshlab biz Yevropadagi avtozavodlarimizni va Janubiy Afrikaning Rosslin shahridagi zavodni yopamiz", deydi kompaniya ijrochi direktor Oliver Zipse.
Yevropada, shuningdek, Mercedes-Benz, Volkswagen, Ford, Fiat va Peugeot koronavirus inqirozi tufayli zavod eshiklarini yopishni boshladilar. Bunga sabab qilib avtomashinalarga talab keskin kamaygani ko‘rsatilmoqda.
"Ko‘pgina tovarlar kabi, avtoulovlarga ham talab keskin kamaydi", deydi Zipse.
Hozirda Yevropa qit’asi koronavirusning eng asosiy o‘chog‘i bo‘lib turibdi. Ayniqsa, Italiya, Germaniya, Ispaniya davlatlarida o‘n minglab odamlar bu kasallik bilan kurashmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 202 259 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 8 010 kishi vafot etgan. Bemorlardan 6 423 nafari yoki 6 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 82 813 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi