200 dollar evaziga o‘likni “morg”dan chiqarib berishni kelishgan mansabdor qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Toshkentda 200 AQSH dollari evaziga mayitni o‘likxonadan chiqarib berishni va’da qilgan mansabdorlar qo‘lga tushdi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Toshkent shahar filiali boshlig‘i o‘rinbosari va o‘rindoshlik asosida komission ekspertizalar bo‘limi sud-tibbiy eksperti Z.U. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro I.ning joriy yilning 15 avgust kuni vafot etgan qarindoshi A.ning murdasini o‘likxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSH dollarini tamagirlik yo‘li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat morg

Baholaganlar

576

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing