20 yillik muhabbat. 53 yashar Jennifer Lopes “Betmen”ga turmushga chiqdi

Madaniyat-san’at

image

Jahon estradasi yulduzi xonanda va aktrisa Jennifer Lopes, aktyor Ben Afflekga turmushga chiqdi. Juftlikning nikoh marosimi joriy yilning 16 iyul kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tdi. Jeniffer Lopes ushbu ma’lumotlarni bugun, 18 iyul kuni o‘zining shaxsiy “OnTheJLo” veb-saytida xabar va eksklyuziv fotosuratlar bilan tasdiqlagan.

“Biz buni uddaladik, sevgi ajoyib, sevgi – bu yaxshilik, sevgi – bu sabr. Biz xohlagan voqelik amalga oshdi. Biz o‘tgan tunda Las-Vegasga uchib keldik. Nikoh shartnomasi uchun boshqalar singari navbatda turdik. Bizdan oldinda yana to‘rtta baxtli juftlik dunyoning sevgi poytaxti Las-Vegasga kelishgan edi. Biz bir-birimizga umrimizni oxiriga qadar taqib yurishimiz uchun nikoh uzuklarini tuhfa qildik. Bu tasavvur qilganimizdek eng yaxshi to‘y bo‘ldi. Biz buni ancha avvaldan orzu qilganmiz”, deya qayd etgan jahon estradasi yulduzi. Shuningdek, u, o‘z maktubi so‘ngida familiyasini Lopes emas balki, Linn Afflek deya qayd etgan.

Ma’lumot uchun, juftlikning sevgi tarixi 2002 yilga borib taqaladi. Ular o‘rtasidagi muhabbat ijodga ham ulanib, 2003 yilning aprel oyida premerasi bo‘lib o‘tgan “Jilli” filmida bosh rollarni ijro etishgan. Hatto, Jennifer Lopes va Ben Afflekning to‘yi sanasi 2003 yilning 14 sentyabriga belgilangan ham edi. Ammo to‘ygacha ularning munosabatiga  darz ketib, juftlik ajralgandi.

2004 yil Jennifer Lopes aktyor va xonanda Mark Entoni bilan oila quradi. Jennifer 2008 yilning 22 fevral kuni ushbu turmushidan Maks va Emmi ismli egizak farzandlar dunyoga keltirgan. Ben Afflek esa 2005 yil iyunda aktrisa Jennifer Garner bilan oila quradi. Juftlik Vayolet (2005 yil, dekabrda) va Semyuel (2012 yil) ismli o‘g‘il, Serafin Rouz Elizabet (2009 yil) ismli qiz ko‘rishadi. Ammo 2015 yilda Afflek va Garnerning sevgi tarixi o‘z poyoniga yetgan.

Ma’lumot o‘rnida, kuyov bo‘lmish Ben Afflek ikki karra “Oskar” mukofoti sohibi bo‘lib, o‘zbekistonlik kino ixlosmandlari uchun u qadar begona emas. U 2016 yilda katta ekranlarga chiqqan “Betmen Supermenga qarshi”, “O‘limga mahkum etilganlar”, 2017 yilda premera qilingan “Adolat ligasi”, 2021 yilda ishlangan “Zak Snayderning Adolat ligasi” va kelgusi yilda premera qilishini kutilayotgan “Flesh” filmlarining barida “ Betmen” obrazini gavdalantirgan.

Eslatib o‘tamiz, Jennifer Lopes-Afflek joriy yilning 24 iyul kuni 53 yoshni qarshilaydi, Ben Afflek esa 15 avgust kuni 50 yoshga to‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

856

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing