20 ta terma jamoa JCH yo‘llanmasini naqd qildi

Sport

image

2026 yil AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 20 ta terma jamoa nomi aniq bo‘ldi.

Oktyabr oyida dastlab Misr, so‘ngra Jazoir terma jamoalari mundialga chiqdi.

Sentyabr oyida Urugvay, Kolumbiya va Paragvay, shuningdek, Marokash hamda Tunis terma jamoalari turnirning hal qiluvchi bosqichiga yo‘l olishgan edi. 

Birinchilardan bo‘lib esa Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Ekvador va Braziliya terma jamoalari saralash bosqichidan o‘tib, Jahon chempionatiga yo‘llanma qo‘lga kiritishgandi. AQSH, Kanada va Meksika terma jamoalari esa turnirda mezbon sifatida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, musobaqada jami 48 ta jamoa qatnashadi. Turnir kelasi yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha bo‘lib o‘tadi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Misr Jahon chempionati Jazoir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing