20 ming dollarga yer olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Jamiyat

image

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yer olib berish uchun 20 000 AQSH dollari talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari fuqaro O.R. boshqa fuqaroni ishonchiga kirib, Kosonsoy tumani, Yoshlik massividagi 0.50 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ishlab chiqarishda foydalanish uchun ajratib berish hamda kelgusida bino inshootlar qurishda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 20 000 AQSH dollari talab qilgan. Shundan, 15 ming AQSH dollari va 48 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan  olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan firibgarlik er

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing