2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-taroj qilingan – Bosh prokuror o‘rinbosari
Jamiyat
−
09 iyun 2021
41692 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-taroj bo‘lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgan. Bu haqda Bosh prokuror o‘rinbosari Shavkatjon Rahimov matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.
“2 yilda prokurorlarimiz tomonidan 7500 dan ortiq yerga oid qarorlarni bekor qilishga oid protest kiritilgan. Ma’muriy sudlar tomonidan yerga oid tuman hokimlarining 2500 dan ortiq qarori bekor qilingan”, deydi Shavkatjon Rahimov.
Uning ta’kidlashicha, yerga oid qonunchilik bo‘yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘z navbatida, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov uyi snosga tushganlar, harbiylar va boshqa imtiyozli, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yer emas, pul berilishini qo‘shimcha qildi. Ya’ni imtiyozlar monetizatsiya qilinadi, davlat subsidiya beradi.
LiveBarchasi