2 yoshli bolaning hayotini saqlab qolgan shifokor mukofotlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahrida otolaringolog-shifokor klinik o‘lim holatiga tushgan 2 yoshli bolani qutqarib qolgani haqida xabar bergan edik. Shifokor Sergey Tobias QALAMPIR.UZ bilan suhbatda bolani qanday qilib qutqargani haqida gapirib bergandi.

Mazkur jarayonda qahramonlik ko‘rsatgan 41 yoshli shifokor O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi e’tiboridan ham chetda qolmadi. Sergey Vladimirovich Tobias “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanib, ushbu mukofot sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov tomonidan toshirildi.

Vazir shifokorga mukofotni topshirar ekan, fuqarolar salomatligini asrashda tibbiyot xodimlarining o‘rni nihoyatda muhimligini e’tirof etgan holda, bunda tajribali hamda o‘z vazifasiga mas’uliyatli soha fidoyilarining xizmati katta ekanini ta’kidladi.

“Farzandimni qutqarib qolgan shifokordan judayam minnatdorman. Ota sifatida shifokorning bu fidoyiligini hech narsaga qiyoslay olmayman. Bu holat men uchun haqiqiy qahramonlik. Ushbu jarayonda bitta shifokor timsolida minglab shifokorlarimizning ezgulikka boy faoliyatining mas’uliyatini, sharafini yanada chuqurroq his etdim. Tibbiyot sohasidagi jadal olib borilayotgan islohotlar ham bejiz emas. Buning ortida minglab insonlarning salomatligi, quvonchi mujassam ekan”, deydi 2 yoshli Umar Nurillayevning otasi Dilshod Razzoqov.


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Tobias

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing