2 nafar o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
3-sahifa
−
01 avgust 3168 2 daqiqa
Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi Yaponiyada noqonuniy bo‘lib turgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi. Bu haqda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, deportatsiya qilingan har ikkala fuqaro Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan borgan. Ular viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolgan va keyinchalik hokimiyat organlari tomonidan qo‘lga olingan.
Elchixonaga ko‘ra, noqonuniy bo‘lish yoki noqonuniy mehnat faoliyati aniqlangan taqdirda, qoidabuzarlarga nisbatan qat’iy choralar qo‘llaniladi: politsiya tomonidan ushlash va hibsga olish, immigratsiya markaziga joylashtirish va deportatsiya qilish.
Bundan tashqari, Yaponiya hukumati qoidabuzarlar haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston hukumatiga topshirishi sababli ular ortga qaytgandan so‘ng ham tegishli choralar ko‘rilishi mumkin. Jamoatchilikdan yuqori darajada ehtiyotkorlik ko‘rsatish va “Yaponiyada ishlash mumkin” kabi yengil-yelpi takliflarga ishonmaslik so‘raladi.
Shuningdek, elchixonaning bildirishicha, Yaponiyada qochqinlik maqomini olish uchun ariza topshirish go‘yoki “mamlakatda uzoq vaqt qolish” yoki “ishlash” imkonini beradi, degan keng tarqalgan yanglish fikr mavjud. Biroq bunday maqsadda ariza topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qochqinlik maqomini berish rad etilgan taqdirda, immigratsiya markaziga joylashtirish yoki deportatsiya qilish kabi choralar qo‘llanilishi mumkin. Qolaversa, qochqinlik maqomini olish uchun ariza berishda yolg‘on ma’lumotlar taqdim etish yoki qing‘ir usullardan foydalanish jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi Yaponiyada noqonuniy ravishda yashab turgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqarib yuborgandi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust