“2 kunda hamma joy oqlandi”. Fuqaro Prezidentdan tez-tez tumanga kelishini so‘radi (video)
Olam
−
14 aprel 13396 1 daqiqa
Kecha, 13 aprel kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov fuqorolar bilan muloqot o‘tkazdi va murojaatchilardan biri davlat rahbaridan tumaniga tez-tez kelib turishini so‘radi. Bu haqda “Kaktus” xabar berdi.
Aravan tumani Do‘stlik qishlog‘i fuqarosi Melis Qo‘ziboyevning davlat rahbari bilan uchrashuvda aytishicha, Prezidentning Aravanga kelishi ma’lum bo‘lganidan beri, ya’ni so‘nggi ikki hafta ichida tumanda keskin o‘zgarishlar yuz bergan.
“Shunchalik tez-tez kelingki, sizsiz zerikib ulgurmaylik. Ikki hafta ichida uzoq vaqtda ham qilinmagan ishlar bajarildi. Ilgari oqlanmagan va bo‘yalmagan joylar ikki kunda bitirildi”, degan u.
Bu esa Japarov va atrofdagilarning samimiy kulgusiga sabab bo‘lgan.
“Demak, mahalliy hokimiyatlarda o‘sha eski odat saqlanib qolgan. Kimdir kelsa, atrof tezda obodonlashadi, boshqa vaqtda esa e’tiborsiz qoladi. Har kuni tozalikka e’tibor berish kerak”, degan Japarov.
“Faqat Aravanga emas, boshqa tumanlarga ham ko‘proq borib turing”, deya qo‘shimcha qilgan Qo‘ziboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda O‘sh shahri hokimi Jenishbek Toktorbayev do‘stlari unga sovg‘a qilgan mashinani hokimiyat ixtiyoriga topshirgandi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust