2 iyunda Toshkentning qator markaziy ko‘chalari yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 2 iyun kuni “Xalqaro velosiped kuni” munosabati bilan velomarafon o‘tkaziladi. Shu sababli Toshkent shahridagi bir nechta ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Unga ko‘ra, soat 04:00 dan 13:00 gacha Furqat ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob;

Soat 10:00 dan 12:00 gacha Beshyog‘och ko‘chasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov;

Furqat ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov;

Islom Karimov ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob;

Sharof Rashidov ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakatlari cheklanadi.

“Toshkent shahar hokimligi yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

ko'cha velomarafon

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing