2 daqiqada Hormuzni egallashimiz mumkin – Tramp
Olam
−
30 mart 6771 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan samolyot bortida bo‘lib o‘tgan suhbatda, AQSH Hormuz bo‘g‘ozini atigi ikki daqiqa ichida yopishga qodir ekanini ma’lum qildi.
U bu fikrni Eron bo‘g‘oz orqali o‘tuvchi kemalar uchun to‘lov joriy etishni rejalayotgani fonida aytdi.
“Biz uni ikki daqiqada yopishimiz mumkin. Shunchalik tez yopamizki, hatto boshingiz aylanib ketadi”, degan Tramp.
Shuningdek, u Eron bilan kelishuvga erishish imkoniyati mavjudligini va bunday kelishuv yaqin vaqt ichida amalga oshishi mumkinligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali tranzit uchun to‘lov joriy etgandi.
AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng Eron Hormuz bo‘g‘ozida savdoni to‘xtatishini e’lon qildi. Janglardan oldin dunyo nefti, kondensati va neft mahsulotlarining 15-20 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning 30 foizdan ortig‘i suv yo‘li orqali o‘tgan.
25 mart kuni Islom Respublikasi do‘stona mamlakatlar: Rossiya, Hindiston, Iroq, Xitoy va Pokiston kemalariga Hormuz bo‘g‘ozi orqali tranzit o‘tkazishga ruxsat berdi. Shu bilan birga, mamlakat Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron raqiblariga bo‘g‘ozdan foydalanishga ruxsat berishning ma’nisi yo‘qligini aytdi.
Live
Barchasi