2,5 g yerni fuqaroga rasmiylashtirib berish uchun 27 ming dollardan ortiq pora olgan firibgar ushlandi
3-sahifa
−
04 aprel
3173Navoiyda issiqxona qurish uchun yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 27 800 AQSH dollari va 165 mln so‘mni olgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departament va DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reydda Navoiy viloyatida yashovchi Sh.B. (muqaddam sudlangan) fuqaro D.S.ga Karmana tumani “Xazora” MFY hududida joylashgan “Yo.A.” MCHJning 2,5 gektar yer maydonini issiqxona qurish uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishi orqali uning nomiga go‘yoki rasmiylashtirib berish evaziga 27 800 AQSH dollari va 165 mln so‘mni olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddalari (pora berish) yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijonda soxta bank xodimi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 mln so‘m evaziga 500 mln so‘m ipoteka krediti ajratib berishini aytib, fuqarodan ushbu pullar hisobidan 2 500 AQSH dollarini olgan paytida qo‘lga olingan edi
Xabibulloxon Qodirxonov.
LiveBarchasi