Andijonda soxta bank xodimi qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
02 aprel 2024 5838 1 daqiqa
Andijon shahrida o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Bildirilishicha, departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Sh.X. fuqaro S.R.ga o‘zini go‘yoki TIF “Milliy bank” filiali xodimi deb tanishtirgan. U ushbu bankda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 mln so‘m evaziga 500 mln so‘m ipoteka krediti ajratib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri aholisi orasida firibgarlikning yangi turidan jabrlanayotganlar ko‘paygani aniqlangan va poytaxt IIBB fuqarolarni bundan ogohlantirgandi.
Rayhona Ulkanbayeva
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr