2,3 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
15 iyul
5687Namanganda o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan MCHJ rahbariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Norin tumanidagi “B.M.F.” MCHJ norasmiy rahbari Sh.U. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 2 mlrd 365 mln so‘mlik (2 mln 128 ming kVt•soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.U. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik), 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida joylashgan “Bahovuddin Naqshband” yodgorlik majmuasiga hisoblangan qo‘shimcha to‘lov yuzasidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilgandi.