1966 yil Toshkentda ro‘y bergan zilzila haqida film olinadi
Madaniyat-san’at
−
02 Oktabr 2019
79421966 yilda Toshkentda ro‘y bergan dahshatli zilzila haqida film suratga olinadi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya va O‘zbekiston vakillari kinematografiya sohasida beshta hamkorlik memorandumini imzoladi. Xususan, “Mars Media” kino kompaniyasi rahbari Ruben Dishdishyan va “O‘zbekkino” milliy agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov “Toshkent-66” filmining suratga olish jarayonini O‘zbekistonda tashkil etish to‘g‘risida kelishib olgan.
Shuningdek, “Megogo” va “O‘zbekkino” Milliy agentligi o‘rtasida “Xo‘ja Nasriddin” filmini ishlab chiqarish to‘g‘risida memorandum ham imzolangan.
Rejissyor Yusuf Roziqov rejissyor va ssenarist Rauf Kubayev bilan “Toshkent-66” filmiga ssenariy yozishni boshlamoqchi ekanliginima’lum qilgan. Kinokartina drama janrida suratga olinadi.
“Biz yoshligimiz, hatto bolaligimizga bag‘ishlangan filmni suratga olishni xohlaymiz. Toshkentda dahshatli zilzila bo‘lgan paytlar bizning yoshlik davrlarimizga to‘g‘ri kelgan. Biz tabiiy ofani emas, balki sodir bo‘lgan voqealar va hayotimizda qanday o‘zgarishlar bo‘lganini eslash niyatidamiz”, deydi Roziqov.
Ma’lumot o‘rnida, 1966 yilning 26 aprel kuni soat 05:23 atrofida sodir bo‘lgan 8 balli zilzila Toshkentni vayronaga aylantirdi. O‘sha davrlarda Toshkentda 1,5 million aholi istiqomat qilardi. Zilzila oqibatida shundan 300 ming nafari boshpanasiz qoldi. Toshkent 3,5 yil deganda qayta qurildi.
LiveBarchasi