Pensiya tayinlashda talab qilinadigan 6 ta hujjat bekor qilindi

Jamiyat

image

Pensiiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalariga topshiriladigan 6 ta ma’lumotnoma endilikda talab qilinmaydi. Quyida ushbu hujjatlar ro‘yxati bilan tanishing:

1. Turar joyda yashovchi shaxslar ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma;

2. Oila a’zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;

3. Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;

4. Vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

5. Shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

6. Dafn o‘tkazilganligi holatini tasdiqlash uchun ma’lumotnoma.

Fuqarolarga yaratilayotgan bu kabi qulayliklar ularning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olib, davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 28 turdagi hujjatlar talab qilinishi bekor qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pensiya

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing