19 fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan 6,3 mlrd so‘mlik avtokreditni o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida fuqarolarning yirik miqdordagi kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan mas’ullar qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar Sh.U. va A.V. Toshkent shahridagi “G-W.”. va “E-W.” MCHJlar mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 19 nafar fuqaro nomiga tijorat banki filiallaridan jami 6,3 mlrd so‘m avtokredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit hisobidan fuqarolarga avtomashinalarni yetkazib bermasdan kredit mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Qo'qon avtokredit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing