18+ Farg‘onada dahshatli YTH bir kishini hayotdan olib ketdi

Jamiyat

image
Farg‘onada YTH natijasida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi north_east

Farg‘onada YTH natijasida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi

Joriy yilning 2 noyabr kuni Farg‘onada mudhish YTH qayd etildi. Unda bir kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

YTH 2 noyabr kuni soat taxminan 23:45larda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida sodir bo‘lgan. Haydovchi M.A. tegishli hujjatlarsiz “VAZ 2106” rusumli avtomashinani mast holatda boshqarib ketayotgan vaqtida, YTH sodir bo‘lgan va haydovchi boshqaruvni yo‘qotganligi natijasida avtomashina Ravnaq ko‘chasidagi ko‘prik yonida yo‘lning o‘ng chekkasidagi beton to‘siqqa urilib, 6 nafar yo‘lovchilari bilan ag‘darilgan. 

Buning oqibatida bir nafar yo‘lovchi vafot etgan, haydovchi va qolgan yo‘lovchilar esa turli ko‘rinishda tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilganlar. Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda yo‘l-transport hodisasini kelib chiqish sabablarini aniqlash yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, dastlabki tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing