Farg‘onada YTH natijasida ikki o‘quvchi qiz halok bo‘ldi
Jamiyat
−
06 noyabr 2019
4448Joriy yilning 4 noyabr kuni Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki maktab o‘quvchisi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashri xabar berdi.
Bag‘dod tumanida yashovchi D.V. o‘z boshqaruvchidagi Tico avtomashinasi bilan ikki farzandi hamrohligida ketayotgandi. U A-373 yo‘lining 54-kilometrida asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yashovchi D.M. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasiga yo‘l bermasdan, yo‘liga chiqib ketishi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Tico avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni eplay olmay, shu yerdan oqib o‘tuvchi zovurga tushib ketdi. Natijada Tico avtomashinasi yo‘lovchilari, haydovchi D.V.ning qizi, 7-sinf o‘quvchisi I.V. voqea joyida vafot etdi. Yana bir qizi, 2-sinf o‘quvchisi R.V. esa shifoxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi