+17. Toshkentda 1 yoshli qizaloq koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 20 may kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganning 7 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ularning 6 nafari chet eldan (4 nafari Tojikistondan, 1 nafari BAAdan, 1 nafari esa Rossiyadan) kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 8 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafardan Toshkent shahri, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 44 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan qizaloqdir.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar tuzalganlarning barchasi erkak (38 yosh, 40 yosh va 47 yosh). Ulardan 2 nafari Farg‘ona viloyatidan bo‘lib, Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. 1 nafari esa Tojikiston fuqarosi bo‘lib, uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisi hisoblanadi. Hozirda ularning barchasi kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 796 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 813 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2366 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha 2880 kishida koronavirus aniqlandi. Bugungacha bemorlarning 13 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing