17 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
18 may 2020
111912020 yil 18 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 nafarga ko‘payib 2779 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda bugun,18 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining barchasi oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan. Mamlakatda bugunning o‘zida 46 nafar bemor tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 82 foizga ko‘tarildi va yurtimizda 2293 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay forig‘ bo‘ldi. Ayni paytda qolgan 473 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi