17 nafar sudya lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
02 Oktabr
9948Sudyalar oliy kengashining sudyalik lavozimiga tanlash va tayinlash bo‘yicha ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yig‘ilishi bugun, 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash 17 tayinlovni amalga oshirdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Kengash vakolatiga doir bir qancha masalalar qatorida Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining bir guruh bitiruvchilarini muqobillik asosida sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlash masalasi ham muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra:
Akmal Akbarovich To‘ychiyev – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Mexrojiddin Saydaliyevich Tursunov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining sudyasi lavozimiga;
Laylo Panjiyevna Yaxshiboyeva – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining sudyasi lavozimiga;
Shavkat Xusanovich Baysariyev – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudining sudyasi lavozimiga;
Xusan Raxmatullayevich Qayumov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining sudyasi lavozimiga;
Rustam Xatamovich Qoraboyev – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining raisi lavozimiga;
Shoxsanam G‘ayratjonovna Raimova – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudining sudyasi lavozimiga;
Nazokat Abdukaxarovna G‘apporova – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Zaynabxon Tojiddinovna O‘rinova – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Ravshanxon Isroilxujayevich Xoshimxojayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Namangan viloyati Namangan tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Dilfuza Ilyasovna Qo‘chqorova – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Furqat Rajab o‘g‘li Muzaffarov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Jizzax viloyati G‘allaorol tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Zafar Abduqayumovich Yusupov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Hayot G‘iyozovich Rizayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Doniyorov Abbos Panjiqulovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Sherali Raxmatovich Mustafaqulov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Surxondaryo viloyati Termiz tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
Abdusamad Abdumajitovich Abdurasulov – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sudyalar oliy kengashi O‘zbekistonda joriy yil davomida 32 nafar sudyaning vakolati muddatidan avval tugatilganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi