16 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Rossiyada hibsga olindi
3-sahifa
−
09 fevral
39821Bugun, 9 fevral kuni Rossiyaning Irkutsk shahrida 16 yildan beri qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Irkutsk viloyatining Oktyabr tuman sudi xabar berdi.
Rossiyaning Irkutsk viloyati Oktyabr tuman sudi O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llagan. Ayol keyinchalik O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi uchun 40 sutka hibsda saqlanadi.
Qayd etilishicha, 66 yoshli ayol giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq o‘ta og‘ir jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvga berilgan bo‘lib, u Rossiya Federatsiyasi hududida yashirinib yurgan.
"Qo‘lga olingan shaxs ilgari ham xuddi shunday jinoyatlari uchun sudlangan", deb xabar beradi sud matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada "Kafes-31" operatsiyasi doirasida xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik qo‘lga olingandi.
Ulkanbayeva Rayhona
LiveBarchasi