16 yoshli bola “Chorsu” mehmonxonasidan yiqilib vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 28 noyabr kuni taxminan soat 19:20 larda 2008 yilda tug‘ilgan yigit Shayxontohur tumanida joylashgan sobiq “Chorsu” mehmonxonasidan o‘zini tashlab vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga binoan, Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning 28 noyabr kuni soat taxminan 19:30 larda Shayxontohur tuman IIO FMB NQga tushgan xabarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani, Xumoyun dahasida yashagan 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro sobiq “Chorsu” mehmonxonasi binosiga tanishi bilan birga ruxsatsiz chiqib, binoning 21-qavatidan 3-qavatigacha tushib, voqea joyida vafot etgan.

Marhumning vafot etganligi holati yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 16 yoshli bola o‘zini tomdan tashlab, vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

mehmonxona Chorsu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing