152 nafar o‘zbekistonlik migrant Yekaterinburgdan Toshkentga olib kelindi
Jamiyat
−
16 aprel 2020
15594Rossiyaning “Ural havo yo‘llari” aviakompaniyasi 152 nafar O‘zbekiston fuqarosini Yekaterinburgdan Toshkentga olib keldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“15 aprelda “Ural havo yo‘llari” mehnat muhojirlarini Yekaterinburgdan Toshkentga olib borish uchun maxsus reys amalga oshirdi. Ushbu reys Rossiya IIVning Yekaterinburg bo‘yicha boshqarmasining Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlaridagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun tashkillashtirildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy yilning 30 martidan e’tiboran O‘zbekistonda barcha aviaqatnovlar to‘xtatilgan edi.
Huddi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining tegishli qarori bilan mamlakatda 27 martdan barcha parvozlar to‘xtatilgandi.
LiveBarchasi