15 yil deganda “Surxon” g‘alaba qozondi

Sport

image

Hozirgina Termizda “Surxon” hamda “Dinamo” klublari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Unda uzoq yillik tanaffusdan keyin yana oliy divizionga qaytgan termizliklar muhim g‘alabaga erishdi. O‘yinning 2-daqiqasida Sherzod Hakimov tomonidan kiritilgan gol “Surxon”ga 15 yil kutilgan g‘alabani taqdim etdi. Eslatib o‘tamiz, Hakimov 1-tur doirasida “Metallurg” jamoasi darvozasini ham ishg‘ol qilgandi. Shu tariqa asli farg‘onalik bo‘lgan hujumchi Superliga to‘purarlari safidan joy oldi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Surxon” jamoasi o‘z ochkolari sonini 4taga yetkazgan holda chempionat peshqadamlari “Qizilqum” va “Metallurg” jamoalariga yetib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxon Dinamo

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing