15 yoshli o‘smir Bolalar ombudsmaniga onasidan shikoyat qildi
Jamiyat
−
27 fevral
8290Buxoroda 15 yoshli o‘smir Bolalar ombudsmaniga onasining tazyiqidan shikoyat qildi. Bu haqda kotibiyatning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida yashovchi 15 yoshli M.M. (o‘g‘il bola) ning onasi unga uzoq vaqt davomida tazyiq o‘tkazib kelgani sabab bola 2023 yildan buyon buvisining qaramog‘ida yashab kelgan.
Shuningdek, M.M. ning otasi aliment majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun ozodlikdan mahrum qilingan. Singlisi va o‘zini onasi qaramog‘iga berilishidan noroziligini bildirib, amaliy yordam so‘ragan.
Bolalar ombudsmanining so‘rovi asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur oilaning ijtimoiy vaziyati atroflicha o‘rganilgan. Jumladan, Buxoro viloyati Jondor tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi holatni o‘rganishi davomida haqiqatdan ham bolaning ustun manfaatlarini ona emas, buvisi ta’minlay olishi to‘g‘risidagi berilgan xulosasi asosida M.M. ga va uning singlisiga buvisi rasmiy ravishda vasiy etib belgilangan.
“Mazkur oilaning ijtimoiy masalalari kelgusida ham Bolalar ombudsmani va mutasaddilar kuzatuvi ostida bo‘lib, zarur hollarda tegishli ko‘mak ko‘rsatish choralari ko‘riladi”, deyiladi xabarda.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi