15 ming dollarlik kurtka kiygan Japarov tarmoqda “elakdan o‘tkazilyapti”

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Qulanak GESi qurilish maydoniga kapsulani tashlash marosimiga qiymati 15 ming dollardan ortiq kurtka kiyib kelgani OAV va jamoatchilik tomonidan katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Factcheck.kg jurnalistlari davlat rahbarining ustki kiyimining narxi va brendini aniqladi. 

Voqea 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Davlat rahbari tantanaga hali omma oldiga chiqmagan ko‘k kurtkada keldi. 

Jurnalistlarning aniqlashicha, Sadir Japarov Italiyaning Loro Piano brendining ichki bezakli va yoqasi nutriya mo‘ynasidan tikilgan 1 million 264 ming som yoki 15,3 ming dollarlik kurtka kiyib olgan. 

Moskva markaziy univermagi saytida bu jigarrang kurtka 1 million 283 ming som yoki 15,5 ming dollar turadi. 

“E’tibor bering, prezident moda tendensiyalarini kuzatib boradi va garderobini muntazam yangilab turadi”, deb yozmoqda mahalliy nashrlar. 

Qayd etilishicha, 2022 yilning fevral oyida Sadir Japarov Italiya brendining qimmatbaho kurtkasida Bishkek bozorlarini aylanib chiqqan. 2020 yilda uning 3000 dollarlik jileti ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingan. Avgust oyida davlat rahbarining kardiganini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari muhokamasiga qo‘ygan edi. Moskvadagi Markaziy univermagda 299 500 rubl (taxminan 5 000 dollar) turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

2076

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing