15 maydan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilyapti

Jamiyat

image

Biroz avval, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 14 maydagi qarori bilan mamlakatda karantin cheklovlari 2020 yilning 1 iyuniga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergan edik. 

Respublikasi maxsus komissiyasi qarori bilan 15 maydan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda: 

“Qizil” toifadagi hududlarda:

•    yakka tartibdagi hunarmandchilik;

•    avtomobillarga va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish; 

•    elektron qurilmalarni (kompyuter va maishiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini ta’mirlash; 

•    ijara va lizing xizmatlari; 

•    buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) ko‘rsatish;

“Sariq” toifadagi hududlarda “qizil” toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

•    rieltorlik faoliyati;

•    reklama va marketing faoliyati;

•    xususiy bandlik agentliklari faoliyati;

•    mehmonxonalarga o‘z oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish;

•    park va istirohat bog‘lari (attraksionalar, ko‘ngilochar ob’ektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Bunda park va istirohat bog‘lariga kirish karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda soat 09-00 dan 20-00 ga qadar 2 nafar shaxsdan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi;

“Yashil” toifadagi hududlarda “sariq” va “qizil” toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

•    ochiq sun’iy qoplamali sport o‘yingoxlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);

•    kompyuter (skaner, nusxa ko‘chirish, matn terish, chop etish) va poligrafiya xizmatlari;

•    muzeylar faoliyati (tashrif buyuruvchilar sonini cheklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);

•    veterinariya xizmatlari;

•    binolarga xizmat ko‘rsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.
 


Maqola muallifi

Teglar

Karantin Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1007

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing