15 avgustgacha faoliyati to‘xtatilgan sub’ektlar ro‘yxati bilan tanishing

Jamiyat

image

Biroz avval xabar berganimizdek, bugun, 26 iyul kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori karantin choralari 15 avgustgacha uzaytirildi

Mazkur qaror bilan quyidagi faoliyat turlarini to‘xtatish bo‘yicha cheklov joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi:

•    parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar; 

•    buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar; 

•    sport zallari, fitnes klub, trenajer, basseynlar;

•    umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona);

•    maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar; 

•    sanatoriylar (koronovirus infeksiyasidan davolangan va reabilitatsiya o‘tayotgan bemorlarga tibbiy yordam tashkil etiladigan sanatoriylardan tashqari), pansionatlar, bolalar oromgohlari, xostellar, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;

•    sartaroshxona va go‘zallik salonlari;

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalari, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno).


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1770

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing