15 avgustdan issiq suv va isitish tizimi narxi oshadi
Jamiyat
−
01 avgust 2019
29096Joriy yilning 15 avgustidan boshlab isitish tizimi va issiq suv ta’minoti tariflari oshiriladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” korxonasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi uchun markaziy isitish tizimiga bir oylik tarif turar-joy kvadrat metri uchun 1 772 so‘mgacha oshiriladi (hozir - 1 610,99 so‘m).
Issiq suv ta’minoti uchun yangi tarif hisoblagichsiz kishi boshiga 20 470 so‘mni tashkil etadi (hozir - 18 609,24 so‘m), hisob uskunasi bo‘lganda issiq suv ta’minoti kubometriga 5 242 so‘mga (hozir - 4 765,20 so‘m) teng bo‘ladi.
Umumiy yuvinish xonasi bo‘lgan yotoqxonalarda yashovchilar uchun issiq suv narxi kishi boshiga bir oyda 15 228 so‘mni (hozirda - 13 843,47 so‘m) tashkil etadi.
“Toshissiqlikmarkazi” DUKdan ma’lum qilishlaricha, 15 avgustdan boshlab yetkazib berilayotgan issiq energiyasining ulgurji narxi QQSni hisobga olmaganda, bir Gkal uchun 106 500 so‘m, QQS bilan qo‘shilgan holda 127 800 so‘mni tashkil etadi.
Avvalroq, 15 avgustdan boshlab yoqilg‘i, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun narx va tariflar oshirilishi haqida xabar bergan edik.