149 ming 33 nafar saylovchi ovoz berib bo‘ldi
Jamiyat
−
19 dekabr 2019
2924Oliy Majlis va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida O‘zbekistonda bo‘lib turgan 59226 nafar saylovchi ovoz berib bo‘ldi. Shuningdek, xorijdan turib muddatidan oldin ovoz bergan o‘zbekistonliklar 89 807 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyat rahbari Xudoyor Mamatov ma’lum qilmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 150 ta saylov okruglari kesimida jami 21 millionga yaqin Saylov byulletenlari chop etilib, hududlardagi OSKlariga to‘liq yetkazib berilgan.
Mamatovning qayd etishicha, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan jami 825 nafar xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan va ularga mandatlar topshirilgan. Ular 9 ta xalqaro tashkilot va 41 ta xorijiy davlatlar vakillaridir
"YeXHT DIIHBdan 273 nafar, YeXHT PAdan 66 nafar, SHHTdan 20 nafar, MDH va MDH PAdan 182 nafar, Turkiy tilli davlatlar hamdo‘stlik Kengashidan 5 nafar hamda Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasidan 9 nafar, YeTTBdan 2 nafar, Xalqaro huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasidan 1 nafar, xorijiy davlatlar diplomatik missiyasidan 27 nafar, shuningdek 41 ta xorijiy davlatlardan 240 nafar kuzatuvchilar qatnashishi kutilmoqda", deydi Mamatov.
Qolaversa, saylov jarayonlarini yoritish uchun 131 nafar xorijiy ommaviy axborot vositalari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
LiveBarchasi