140 ta tilda qo‘shiq kuylagan qiz Ginnesga kirdi
Bu qiziq
−
13 yanvar
9062Hindistonning Kerala shtatida yashovchi 18 yoshli Sucheta Satish Dubayda o‘tkazilgan musiqa festivalida 140 ta tilda qo‘shiq kuylab, Ginnesga kirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Sucheta Satish bu natijaga erishish uchun 10 yildan ortiq o‘z ustida ishlagan. Shundan so‘ng, u 9 soat davomida tinimsiz qo‘shiq kuylashga muvaffaq bo‘lgan. Sucheta Satish ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o‘rnatgan rekordi haqidagi xabarni bo‘lishdi va uni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdor bo‘ldi.
“Konsertim chog‘ida Yaratganning marhamati bilan 9 soat davomida 140 tilda qo‘shiq kuylab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirganimdan xursandman. Barchangizga tilaklaringiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat”, degan u.
Shuningdek, hindistonlik Sucheta bitta konsert davomida ko‘p tillarda qo‘shiq kuylagani uchun “Global Child Prodigy 100" mukofotiga ham sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Maharashtra shtatida yashovchi 16 yoshli Srushti Sudhir Jagtap 127 soat tinimsiz raqs tushib Ginnesning yakkaxon ijro etilgan eng uzoq raqs rekordini yangilagandi.