14 yashar bola savdo markazida otishma sodir etdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Tailand politsiyasiga Bangkokdagi Siam Paragon savdo markazida otishma bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Kamida uch kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi yaralandi.

“Reuters” agentligi favqulodda xizmatlarga tayanib bergan ma’lumotlarga ko‘ra, otishma sodir etgan shaxs 14 yoshda bo‘lgan. Politsiya otishmani amalga oshirgan shaxsni qarshiliksiz hibsga olganini ma’lum qildi. 

“Thai PBS” telekanalining bildirishicha, binoda bir nechta otishmalar eshitilgan va voqeaning mahalliy vaqt bilan soat 16:20 da sodir bo‘lgan. 

“Khaosod” gazetasining xabar berishicha, bosh vazir Settxa Txavisin voqea joyiga yo‘l olgan. 

Nashr, shuningdek, odamlarning binodan yugurib chiqib ketayotgani aks etgan kadrlarni ham tarqatdi. “The Nation” esa qurollangan bolaning suratini chop etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tailand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing