14 ming qo‘y Qora dengizda cho‘kib ketdi
Olam
−
25 noyabr 2019 11442 1 daqiqa
Ruminiyada 14 mingdan ortiq qo‘yni tashiyotgan kema dengizga ag‘darildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Kecha, 24 noyabr kuni kema Midiya portidan yo‘lga chiqqach, noma’lum sabablarga ko‘ra halokatga uchragan. Natijada qafaslarga solingan hayvonlar suv ostiga g‘arq bo‘lgan. Qutqaruvchilar bir necha bosh qo‘ynigina suvdan olib chiqa olgan, xolos.


Kemada bo‘lgan barcha dengizchilar, jumladan 22 nafar Suriya fuqarolari jabrlanmagan. Faqat bitta yo‘qovchi gipotermiya bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lumot uchun, kema Saudiya Arabistonining Jidda port shahriga qarab yo‘l olgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr