Turkiya kemasi dron zarbasi oqibatida cho‘kib ketdi. Qurbonlar bor
Olam
−
19:12 946 1 daqiqa
Qora dengizda dron zarbasiga uchragan Turkiyaning “Royad Mammadov” kemasi cho‘kib ketdi. Bu haqda “Informat.ro” xabar berdi.
Ruminiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 5 oktyabr kuni soat 11:00 atrofida Ruminiyaning iqtisodiy eksklyuziv hududida, Sfintu George shahridan qariyb 30 dengiz mili janubda joylashgan savdo kemasida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng, Konstansa dengiz qutqaruv markazi xavf ostidagi ekipaj a’zolarini qutqarish uchun operatsiya boshlagan. Sohil qo‘riqlash xizmati kemasi qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirgan.
Qayd etilishicha, qutqaruv ishlariga Ruminiya Ichki ishlar vazirligining aviatsiya bo‘linmasi ham jalb qilingan. Vertolyot yordamida 11 nafar ekipaj a’zosi qutqarilgan. Jarohatlanganlar maxsus tros yordamida vertolyotga olib chiqilib, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun olib ketilgan.
Bundan tashqari, ikki nafar ekipaj a’zosining jasadi aniqlangan. Hozircha kemaga dron zarbasi qanday sharoitda berilgani va uning kimga tegishli ekani haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida qariyb 100 kishini olib ketayotgan kema Tanganika ko‘lida ag‘darilib, 41 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi