Kongoda 100 kishini olib ketayotgan kema ag‘darilib ketdi. Qurbonlar bor

Olam

−

image

Kongo Demokratik Respublikasida qariyb 100 kishini olib ketayotgan kema Tanganika ko‘lida ag‘darilib, 41 kishi halok bo‘ldi. Yana 49 kishi qutqarilgan, qolgan yo‘lovchilarni izlash ishlari davom etmoqda. Bu haqda "Sky News" xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 24 sentyabr kuni yuz bergan. Tanzaniyaning Kigoma shahridan Kongo Demokratik Respublikasining Tanganika provinsiyasidagi Kalemi shahriga yo‘l olgan qayiq Mapera qishlog‘i yaqinida ag‘darilib ketgan.

Viloyat transport vaziri Norris Mulongoyining ma’lum qilishicha, kemada yuklar bilan birga qariyb 100 kishi bo‘lgan. Ularning 49 nafari qutqarilgan, qolgan yo‘lovchilarni izlash ishlari davom etmoqda. Hodisaning aniq sababi hozircha ma’lum qilinmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tanganika ko‘li dunyodagi eng katta chuchuk suvli ko‘l va chuqurligi bo‘yicha Baykal ko‘lidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriyaning Sokoto shtatida odamlar ortiqcha yuklangan qayiq ag‘darilishi oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing