13 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Humoyun Bekmurodov chess.com saytida tashkil etilgan “Titled Tuesday” onlayn turnirida ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Musobaqada 576 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Turnirda 1-o‘rin amerikalik mashhur grossmeyster Hikaru Nakamurga nasib etdi.  Yana bir AQSH vakili Fabiano Karuana turnirning kumush medaliga ega chiqdi. 

Ma’lumot uchun, Humoyon Bekmurodov 2017 yildan buyon FIDE tasnifidagi musobaqalarda ishtirok etib keladi. U 2019 yil aprel oyida Shri-Lankada o‘tkazilgan Osiyo birinchiligida klassik va blits yo‘nalishlarida 2 ta oltin medalga ega chiqqan. Bekmurodov 2022 yilda FIDE ustaligini qo‘lga kiritgan. 

Eslatib o‘tamiz, 29 yanvar kuni “Tata Steel Chess-2023” xalqaro turniri o‘z poyoniga yetgandi. O‘zbekistonlik shaxmatchilar nufuzli musobaqada munosib ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Humoyun Bekmurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing