Toshkentda yangi yo‘l belgilarini o‘rnatish boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 6 fevral kuni Toshkent shahrining ikki joyida “Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan” 3.10 yo‘l belgisi o‘rnatildi. Bu haqida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu belgilar Mirzo-Ulug‘bek tumani, Sultoniya ko‘chasidagi yer osti yo‘lagi, Yunusobod dehqon bozoridagi yer osti yo‘lagi yonida hamda Shayxontohur tumanidagi Beruniy va Saqchisimon ko‘chalari kesishmasida (Chorsu bozori ro‘parasida) o‘rnatildi.

Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 2015 yilning 24 dekabrdagi Qaroriga ko‘ra, 3.10 “Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan” yo‘l belgisi piyodalarning harakatlanishi ularning xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi.

“Hurmatli piyodalar! Sizlardan o‘rnatilgan yo‘l belgilariga e’tiborli bo‘lishni va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz”, deyiladi IBBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yo'l belgilari

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing