13 iyul Qozog‘istonda motam kuni deb e’lon qilindi

Olam

image

Qozog‘istonda 13 iyul kuni koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga “Milliy motam kuni” deb e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Bugun, 8 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev xalqqa videomurojaat yo‘llab, unda 13 iyulni “Milliy motam kuni” deb e’lon qilish haqidagi qarorini ochiqlagan.  

"Rasmiy xabarlar ortida yuzlab oilalarning fojialari yotadi.  Kimdir otasini,  onasini,  akasini,  singlisini,  o‘g‘li va qizini yo‘qotgan. Men yaqinlarini yo‘qotganlarning barchasiga ta’ziya bildiraman, shuning uchun 13 iyulni milliy motam kuni deb e’lon qilaman", deydi To‘qayev. 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar keskin ortib, 51 059 taga yetdi. Bemorlarning 16 298 nafari yoki 31,9 foizi sog‘aygan. O‘lim holatlari esa 264 tani tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Motam kuni

Baholaganlar

979

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing