Xorazmda yana bir tuman hokimi o‘zgardi
Jamiyat
−
17 dekabr 2020 7997 1 daqiqa
Bugun, 17 dekabr kuni Xalq deputatlari Xonqa tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Muradbek Saparboyevich Davlatov Xonqa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Bog‘ot tumani, Xiva va Urganch shaharlariga yangi hokimlar tayinlandi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel