120 yoshli onaxon koronavirusdan sog‘aydi

Olam

image

Turkiyaning Shirnak shahrida 120 yoshni qarshilagan ayol koronavirusdan sog‘aydi. Mamlakat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 28 oktyabr kuni ayol bilan videoaloqa orqali muloqot qilib, uni sog‘aygani bilan qutladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

12 nafar farzandning onasi, 100 dan ziyod nabira va evaralarning buvisi bo‘lgan Manija Enju bundan 15 kun avval sog‘liqni saqlash boshqarmasi mobil guruhlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda koronavirus testini topshiradi. Kutilmaganda uning testi natijalari ijobiy chiqadi va onaxon Shirnak shahar tug‘ruq va bolalar shifoxonasining koronavirus bemorlarini davolashga ixtisoslashgan bo‘limiga yotqiziladi. 

Manija Enju jurnalistlar bilan muloqotda  muolajalar orqali salomatligi tiklangani, bundan xursandligini aytib, shifokorlarga minnatdorlik bildirgan.  

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an ushbu xavfli virusdan omon qolgan 120 yoshli Manija Enju bilan video telefon orqali qo‘ng‘iroq qildi. Suhbat davomida Erdo‘g‘an kekcha onaxon va uning oila a’zolari bilan muloqotda bo‘lib, onaxonga salomatlik tilagan. 

Ayni vaqtda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 44  million 521 522 kishi tashkil etmoqda. Ularning 1 million 174 769 nafari vafot etgan, 30 million 78 ming nafari sog‘aygan.

Turkiyada ushbu ko‘rsatkichlar quyidagicha: 

•    kasallanganlar – 368 513 nafar; 
•    sog‘ayganlar – 319 181;
•    vafot etganlar – 10 027. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing