12 yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
3-sahifa
−
20 mart
5778O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan 12 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan, 1977 yilda tug‘ilgan R.N. Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, R.N. odam savdosi jinoyatini sodir etishda ayblangan. U xorijiy davlat hududida uyushgan guruh tarkibida harakat qilib, ularning manfaatlari yo‘lida odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda. R.N. Istanbul shahridan Toshkentga deportatsiya qilindi.
“Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan zarar ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va hududiy ichki ishlar bo‘linmalariga murojaat qilishlari so‘raladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida chet elda qonunga xilof ravishda O‘zbekiston fuqarolarining hujjatlarini olib qo‘ygan va ularni shahvoniy maqsadlarda sotib yuborgan ayol Turkiyada qo‘lga olingandi.