12 iyundan Gollivud faoliyati qayta tiklanadi

Madaniyat-san’at

image

Gollivuddagi yetakchi kinostudiyalar koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan ishlarini 12 iyun kuni qayta tiklaydi. Bu haqda 10 iyun kuni Los-Anjeles okrugi sog‘liqni saqlash boshqarmasi direktori Barbara Ferrer ma’lum qildi. http://abcnews.go.com/

"Biz xususiy korxonalarning ishini davom ettirishga ruxsat beradigan nizomga o‘zgartirishlar kiritayotganimizni e’lon qilamiz. Ushbu qaror ertaga e’lon qilinadi va 12 iyundan kuchga kiradi", dedi u.

Doktor Ferrerning ta’kidlashicha, qaror hayvonot bog‘lari, suv parklari, lagerlar, basseynlar, mehmonxonalar, televizion va kino kompaniyalariga tegishli. Ularning menejerlari ochilishdan oldin xizmat ko‘rsatmalarini Los-Anjeles sanitariya va epidemiologiya xavfsizligi qoidalariga muvofiq olib kelishlari shart. "Biz uchun bu infeksiyaning oldini olishning yagona usuli", dedi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qaror Gollivud filmlarini qayta tiklashga imkon beradi. Koronavirusning tarqalishi tufayli Amerikaning yetakchi kinostudiyalari barcha suratga olish ishlarini to‘xtatdi va ko‘plab kartina va seriallarning premerasini keyinga qoldirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Gollivud

Baholaganlar

16

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing