Yerni legallashtirish uchun birorta darcha qoldirmadik – Davletov Yunusoboddagi “snos”da tadbirkor nohaqligini aytdi

Jamiyat

image
Yunusobodning yangi hokimi ishni “snos”dan boshladi...mi? north_east

Yunusobodning yangi hokimi ishni “snos”dan boshladi...mi?

Joriy yilning 25 yanvar kuni butun O‘zbekiston 20 soat davomida “svet”siz qolgan bir vaqtda, Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi tadbirkorlarning do‘konlari hech qanday sud qarorisiz buzib tashlangani haqida xabar bergan edik. Kecha, 7 fevral kuni Yunusobodda zo‘ravonlik yo‘li bilan buzilgan do‘konlar va mansabdorlar tomonidan noqonuniy tarzda berib yuborilayotgan yerlar masalasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan o‘tgan matbuot anjumanida muhokama qilindi.

“Yer masalalari auksionga o‘tdi. Bu loyihani o‘tkazish juda qiyin bo‘ldi. Mansabdorlar uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri yer berib yuborish qanchalik zo‘r. Juda yaxshi va qulay. Bitta ariza yozilsa, yerni beradi. Ayniqsa, Toshkent shahri hududida. Toshkent eng jozibador shahar bo‘lib, auksionda yer sotilmasligi kerak. Bugun huquqiy nuqtai nazaridan hamma yoqdan “barerlab”, barcha imkoniyatlarni yopib tashladik. Endi noqonuniy qurib olib, legalizatsiya qilolmaydi. Sud orqali ham mumkin emas. Yerni legallashtirish uchun birorta darcha qoldirmadik. Ayrim mansabdorlarni fantaziyalari juda kuchli, hech qanday qarorsiz yer ajratib berishyapti. Yerni beradi, “quraver”, deb aytadi. Natija esa juda yomon. Noqonuniy yer ajratish bo‘yicha ichki ishlar va prokuratura organlarida tuzilmalar kuchaytirilyapti. Jamiyat sifatida bu “etap”dan o‘tib olishimiz kerak. Yer juda katta boylik. Hatto, yerosti boyliklar ham ikkinchi darajali”, deydi Adliya vaziri.

Davletovga ko‘ra, Yunusobodda sud qarorisiz buzilgan do‘konlar noqonuniy tarzda qurilgan. Uning fikricha, do‘konlarning buzilishida hokimiyatning talabi o‘rinli.

“Noqonuniy qurilishga guvoh bo‘lgan jamoatchilik vakillari ham be’etibor bo‘lmasliklari kerak. Hammasini ortidan yurib bo‘lmayapti. Yunusobod tumanida do‘konlar buzilayotgani haqida dod-voy solishdi. Holatni yaxshilab o‘rganib ko‘ring, do‘konlar qurilishida huquqiy asos bormi? To‘g‘ri, qonun bo‘yicha sud qarori asosida buzilishi kerak. Lekin hokimiyatning yeri bo‘lganidan keyin talab qilishga haqqi bor. Zo‘ravonlik bo‘lgan bo‘lsa, biz ularni yonini olmaymiz. Tadbirkor do‘kon qurmoqchi bo‘lib, murojaat qilyapti. Hokimlikdagi mutasaddilar qarshiliklari yo‘qligini aytib, javob berishyapti. Shu asosda katta milliard so‘mlik do‘konlar qurilyapti.

Tekshirishga borilsa, hujjat borligini ko‘rsatishyapti. Vaholanki, yer ajratish degan katta institut bor. Yer tanlanishi, ajratilishi zarur. Hamma hujjatlar bo‘lishi kerak. Bu yo‘nalishni kelgusidagi ikki yilda joyiga qo‘yib olish kerak”, deydi vazir.

Yunusoboddagi “snos” ishi

2018 yilning 24 avgust kuni Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamadov tumanning Moyqo‘rg‘on ko‘chasi 6-uy oldida Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy loyiha asosida 0,20 gektarli (chegara rejasiga asosan) “ ASIA GAMMA LINE” MCHJga bolalar bog‘i tashkil qilish va uning tarkibida yengil turdagi oynavand ko‘rinishdagi savdo do‘koni, umumiy ovqatlanish shoxobchasi va xizmat ko‘rsatish maskanlarini o‘rnatishga ruxsat berish haqidagi qarorni imzolagani, tadbirkorlar esa shu qaror asosida qurilish ishlarini olib borgani, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari allaqachon ish boshlab, oradan vaqt o‘tgach, joriy yilning 25 yanvar kuni inshootlarni buzishga kirishilgani, “snos” jarayonida prokuratura, hokimlik vakillari tomonidan hech qanday ogohlantirish xati yoki sud qarori taqdim etilmagan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev masalaga munosabat bildirib, qonunchilikka ko‘ra, noqonuniy bino va inshootlar qanday tartib buzilishi kerakligini tushuntirgandi hamda Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligidan “snos”ga bosh-qosh bo‘lgan xodimlariga nisbatan chora ko‘rishni talab qilgandi. 

Do‘konlar egasi, tadbirkor Saida’lo Najmiddinov2022 yilning 29 yanvar kuni guvoh tariqasida Yunusobod tuman prokuraturasiga chaqirilgan. U prokuraturaga advokati bilan birga borgan. Oradan bir necha soat vaqt o‘tib, Najmiddinov Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan gumonlanuvchi tariqasida olib qolingan.

Yunusobod tumani 6-mavzeda bo‘lgan "snos"dan aziyat chekkan tadbirkorlar faryodi va hokimlik vakilining izohini QALAMPIR.UZ'ning YouTube kanali, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod “snos” Adliya vaziri.

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing