11 yashar bolaning o‘limi tafsilotlari ochiqlandi

Jamiyat

image

Kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk o‘lim holati qayd etilgani haqida xabar bergan edik. Xavfli virusning navbatdagi qurboni Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 11 yoshli Muhammad O‘rinboyev bo‘lgan. Bola og‘ir tashxis bilan dispanser nazoratida turgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 2009 yil 7 aprelda tug‘ilgan Muhammad O‘rinboyev bolalikdan nogiron bo‘lib, 2012 yildan “Surunkali glomerulonefrit nefrotik shakli, gematurik sindrom, kamqonlik 3 daraja, semizlik 3 daraja, surunkali buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan Bo‘stonliq tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning umumiy amaliyot shifokorida nazoratga olingan. Bemor tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida  doimiy nazoratda bo‘lgan va nogironlik nafaqasini olgan.

U Toshkent Tibbiyot akademiyasining bolalar nefrologiya bo‘limida yuqoridagi tashxis bilan yiliga 2 martadan yotib, davolanib turgan.  

Bolakay so‘nggi bor 2020 yil 11 iyuldan 20 iyulgacha “Surunkali glomerulonefrit aralash turi, buyrak yetishmovchiligi, buyrak funksiyasining buzilishi, anemiya og‘ir formasi” tashxisi bilan Chirchiq shahridagi Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining nefrologiya bo‘limida davolangan. 

Joriy yilning 5 sentyabrida soat 09:00 da Bo‘stonliq tumani Tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga burundan qon ketishi, tana harorati 37,5-38,0 ga ko‘tarilgan holda olib kelingan. Reanimatolog, infeksionist, pediatr mutaxassislari birgalikda konsilium o‘tkazib, bolani Chirchiq shahridagi koronavirus gospitaliga yuborishgan. 

Shu kunning o‘zida M.O‘rinboyev Chirchik shahar koronavirus gospitaliga og‘ir ahvolda olib borilgan, “Surunkali glomerulonefrit nefrotik shakli, gematurik sindrom, kamqonlik 3 daraja, semizlik 3 daraja,  surunkali  buyrak yetishmovchiligi, qon ivishining buzilishi, COVID-19, shifoxonadan tashqari 2 tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligi” tashxisi  bilan soat 11:30 da  reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Ko‘rilgan reanimatsion davo choralariga qaramay bolada joriy yilning 5 sentyabr kuni soat 19:50 da biologik o‘lim holati yuz bergan.

O‘lim tashxisi: surunkali glomerulonefrit nefrotik turi, semizlik Sh daraja, anemiya Sh daraja, surunkali glomerulonefrit, buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi, kasalxonadan tashqari ikki tomonlama pnevmoniya o‘tkir kechishi. Asorati: o‘tkir nafas, yurak qon-tomir yetishmovchiligi Sh daraja. 

Koronovirus infeksiyasiga Toshkent viloyati SEOM virusologiya labarotoriyasida PZR usulida olingan va 97253-sonli namuna natijasiga ko‘ra, Muhammad O‘rinboyevda COVID-19 tashxisi tasdiqlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing