11,4 gektar yerni 550 000 dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Huquq-tartibot idoralari xodimlari 11,4 gektar yer maydonini 550 000 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, fuqarolar K.B. va E.K. Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “G‘azalkent” QFY hududidan K.B.ga uzoq muddatga vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan jami 11,4 gektar bog‘dorchilik yer maydonini boshqa bir fuqaro D.A.ga firibgarlik yo‘li bilan 550 000 AQSH dollariga sotishga kelishgan. Ular go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishni ham va’da qilgan.

Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular bu xizmatlari evaziga oldindan 50 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura er

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing