100 nafar falastinlik O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

Jamiyat

image

100 nafar yaralangan falastinlik bolalar va ayollar hamda ularning hamrohlari O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev ma’lum qildi.

Bildirilishicha, kecha, 26 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan va O‘zbekiston hamda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida 100 nafar jarohatlangan falastinlik ayol va bolalarni, shuningdek, ularning hamrohlarini evakuatsiya qilish amaliyoti amalga oshirilgan.

Qilichevga ko‘ra, evakuatsiya qilingan falastinliklar O‘zbekistonda mehmon bo‘lib, o‘z vatanlariga qaytgunlariga qadar mamlakatdagi sharoitlardan foydalanadi. Xususan, ular davolanish va sog‘liqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi hamda mamlakatda bo‘lish davrida barcha zarur ehtiyojlar, jumladan, mehmonxona, turarjoy, maktablar va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 11 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq so‘zlab, urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyor ekanini bildirgan edi. Shundan so‘ng QALAMPIR.UZ buning uchun mamlakat tibbiyot tizimi qay darajada tayyor ekaniga qiziqdi va Sog‘liqni saqlash vazirining bolalar va ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Elmira Bositxonova bilan bog‘langandi. 

Uning ma’lum qilishicha, falastinlik bolalarni davolashga O‘zbekistonning imkoniyati yetarli.


Maqola muallifi

Teglar

evakuatsiya falastinliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing