100 foiz tayyor emasman – Klopp 

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi ustozi Yurgen Klopp Yevropa Chempionlar ligasining 1-turi doirasida “Napoli”ga (1:4) qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, “qizillar”ning o‘yinida nima sodir bo‘layotgani va savollarga hozir javob topishga tayyor emasligini aytgan. Bu haqda “Liverpul” klubi rasmiy saytida xabar berildi.

“Biz uzoq vaqtdan beri bunchalik betartib o‘yin ko‘rsatmagandik. Ha, “Napoli” juda yaxshi jamoa bo‘lib ko‘rindi, lekin biz ularga vazifasini oson bajarishiga yo‘l qo‘ydik. “Napoli” qarshi hujum boshlagan hududlarda to‘pni yo‘qotdik. Aslida, bunday bo‘lmasligi kerak. O‘yinimiz haqida bir nechta fikrlar aniq. Biz ularni o‘zgartirishimiz kerak. Hozir nima uchun bunday yomon futbol namoyish qilayotganimiz borgan sari oydinlashmoqda. Muammolarga yechim topishim uchun menga vaqt kerak. Hozir men bunga 100 foiz tayyor emasman”, degan Klopp.

Ma’lumot uchun, kecha, 7 sentyabr kuni “Liverpul” YeCHLning 1-turi doirasida sensatsion ravishda “Napoli”ga yirik 4:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Yurgen Klopp

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing